Ashtarxoniylar sulolasi vakillarining tashqi siyosati faol tarzda amalga oshirilgan bo`lib, qo`shni va chet el mamlakatlari bilan o`zaro elchilik, diplomatik va savdo aloqalari yaxshi rivojlangan. Hukmdor Imomqulixon davrida Hindiston, Eron va Rossiya bilan elchilik munosabatlari o`rnatilgan.