Ekologik markazlar tabiiy ekosistemalarni muhofaza etishni va ularni ko`paytirib qayta tiklashning shakllaridan biri bo`lib, turli yo`nalishlardagi ilmiy tadqiqotlar va xilma-xil ekotizimlarning monitoringi olib borilishi mumkin bo`lgan hududlardan biri hisoblanadi. Muhofaza etiladigan hududlardagi o`simliklarni inventarizatsiya qilish, yuksak o`simliklar tur tarkibining aniqlanish, mazkur hududdagi hayvonlarning o`simlik qoplamiga ta’sirini o`rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.