Mamlakatimizning paxtachilik mintaqalarida so`nggi yillarda paxta yetishtirush bilan bir qatorda don, yem-xashak, sabzavot va boshqa ekinlar maydoni ham ortib bormoqda. Bu ishlar ilgari asosan yangi yerlarni o`zlashtirish natijasida amalga oshirilgan bo`lsa endilikda qishloq xo`jalik mahsulotlariga bo`lgan talabni mavjud sug`oriladigan yerlardan yanada samaraliroq foydalanish hisobiga qondirish zarurligini davr taqazo etmoqda.