O`simliklar oziqlanishi va o`g`itlar – o`simliklarni oziqlanishi to`g`risidagi fan bo`lib, tuproq unumdorligini oshirish va qishloq xo`jalik ekinlaridan yuqori, hamda sifatli hosil etishtirishda oziq moddalarning dehqonchilikdagi aylanishini va o`g`itlardan samarali foydalanishni o`rganadi. Demak agrokimyo fani tabiatda oziq elementlarini aylanishini, o`simliklar bilan munosabatini va qishloq xo`jalik ekinlarini hosildorligini oshirishda tuproq bilan mineral o`g`itlarni o`zaro bog`liqligini o`rganadi.