Uslubiy qo`llanma yangi o`quv dasturi asosida tuzilgan bo`lib, asosan laboratoriya mashg`ulotlarni bajarishni o`z ichiga oladi. Ushbu qo`llanma o`zbek tilida lotin alifbosida yozilgan bo`lib, unda har bir mavzu bo`yicha laboratoriya mashg`ulotlari uchun kerakli reaktivlar, idish va asboblar, ishning bajarilish tartibi, bajariladigan topshiriqlar aniq tushunarli bayon qilingan.