Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Yildan-yilga o’g’il bolalar kiyimlariga yangi zamonaviy modellar turlari, bezaklar va turli applikatsiyalar kiritib borilmoqda. Sababi, qiz bolalarning garderobi qatorida o’g’il bolalar kiyimlariga ham birinchi bo’lib estetik va ergonomik talablar qo’yiladi. Shuning uchun ham o’g’il bolalar zamonaviy kiyimlarini ishlab chiqish va tikish texnologiyasini takomillashtirish dolzarb muammolardan biri xisoblanadi. Ilmiy tadqiqot ishida zamonaviy moda yo’nalishidagi o’gil bolalar shimlari modellarini yaratish va texnologik jarayonini ishlab chiqarishga joriy qilish nazariy va amaliy ishlari ko’zda tutilgan