2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha harakatlar strategiyasi”da ta`kidlangan vazifalar orasida, alohida e`tibor mamlakatning eksport qilish salohiyatlarini kengaytirish hamda jahon bozorlariga jo`natilayotgan yuqori ustki narhli mahsulotlar ko`lamini oshirish turibdi. Buning uchun xom-ashyoni chuqur qayta ishlash yo`li orqali sanoatni yangi bosqichga ko`tarish lozim bo`ladi. 2017 yil uchun tayyor tekstil va tikuv-trikotaj mollarini ishlab chiqarishga 178 million dollarli 15 ta yirik loyiha rejalashtirilgan.