Bugungi kunda bizga ancha yengilligi shundaki, ko’pgina qo’lyozma asarlar mutaxassis olimlarimiz tomonidan tarjima qilinib, nashr etilmoqda. Ammo mavzuga oid qo’lyozma asarlar tarjimalaridan foydalanishda bir muammoni ham qayd etib o’tish lozimki, bu kabi asarlarning mualliflari saroy tarixchilari bo’lganligi sababli ular shohlarni haddan tashqari ko’kka ko’targanlar.