Iqtisodiyotni modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish, uning ko’lamini kengaytirish bilan bog’liq masalalarning nazariy va amaliy tomonlarini o’rganishda “Buxgalteriya hisobi” fani muhim ahamiyat kasb etadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tubdan yangilanishi, oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida korxonalar faoliyatini to’liq aks ettiruvchi ishonchli va barqaror axborot manbaiga bo’lgan ehtiyojni yanada ortishi “Buxgalteriya hisobi” fanini chuqur o’rganishni taqozo etadi.