Mexanizm va mashinalarning kinematik sxemalari, dinamik modellari, ularning klassifikatsiyasi va zamonaviy sanoatning ko`plab sohalarida texnologik jarayonlarni bajarishda ishlatilayotgan turlari har xil konstruksiyalari rangli tasvirlarda keltirilgan. Talabalar fanni to`laqonli o`zlashtirishlari, innovatsion g`oyalarni shakllantirish va rivojlantirish maqsadlarida o`quv jarayonida zamonaviy innovatsion va pedagogik texnologiya usullarini samarali qo`llash haqida tushunchalar bayon etilgan.