Ushbu uslubiy qo`llanma «Tutash muhit mexanikasi asoslari» fani bo`yicha «5140300 – Mexanika» ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda shu fanning namunaviy o`quv dasturidan kelib chiqib, eformatsiyalanuvchi muhit kinematikasining qisqacha nazariy asoslari, namunaviy misollar yechimlari, mustaqil ish topshiriqlari, sinov savollari, mustaqil o`zlashtirishga oid adabiyotlar, ulardan foydalanishga oid uslubiy tavsiyalar va boshqa tarqatma materiallar keltirilgan. Bular bakalavr talabalarga shu fanni yanada chuqurroq o`zlashtirishga yaqindan yordam beradi. Ushbu uslubiy qo`llanmadan turdosh ixtisoslik va mutaxassisliklar talabalari, yosh ilmiy xodimlar va tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.