Amorf metallar o’zining atomlaridagi joylashishda tartib bo’lgan kristallardan tubdan farq qiluvchi fizik xususiyatlari va ulardan magnit materiallar sifatida foydalanish imkoniyati bilan ajralib turadi.
Amorf materiallar atomlarida ma’lum tartib bo`lmay, atomlarning tuzilishi suyuq metallarning tuzilishiga yaqin bo`ladi. Demak, amorf materiallarni o`rganish shu materialni suyuq holatini o`rganishga yordam beradi.
Amorf magnit qotishmalarda koersitiv kuchning kichik bo`lishi va magnit sindiruvchanlikning katta bo`lishi uning kristall holatiga nisbatan ustunligini ko`rsatadi. Shu uchun ushbu dissertatsiya ishida temir guruhi elementlari asosidagi metalloidlar aralashgan amorf qotishmalarda magnit xaraktiristikalarini temperaturaga va metalloidlar konsentratsiyasiga bog’liq holda o’rganish va undagi o’zgarishlarni rengenostrukturaviy tahlil asosida tushuntirish maqsad qilib qo’yildi.