Umumiy fizika kursining “Atom fizikasi” bo’limiga qadar bo’lgan to’rtta bo’limida o’rganilgan fizik qonunlar, ularning formula va prinsiplarini, fizik jarayonlarning mohiyatini tushinish, fan bo„limlariga oid bo’lgan asosiy tajribalarni tahlil qila bilish, kattaliklar va doimiylarning fizik ma’nosini tushuna bilish lozim. Shuningdek, fanni o’qitishning vazifasi umumiy talab darajasidagi laboratoriya ishlarini bajara olish va tahlil qilish, talab darajasidagi masalalarni ishlay bilish va xulosalar chiqarish va muammolarga mustaqil yondashishni va shular orqali talabalarda bilim, tajriba,malaka hamda ko’nikmalarni shakllantirib borishga xizmat qiladi.