Ushbu ilmiy risolada nisbiylik va kvant nazariyalarining yaratilish tarixi va bu nazariyalarning yaratilishida buyuk fizik olimlar Albert Eynshteyn, Maks Plank, Nils Bor va boshqalarning xizmatlari, bu nazariyalarning maydonga kelishida yuzaga kelgan turli xil qarashlar tarixi to`g`risida ma’lumotlar keltirilgan.
Ilmiy risola o`rta maktab va litsey o`quvchilari, oliy o`quv yurtining fizika va falsafa yo`nalishlari talabalari, falsafa hamda fizika tarixi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo`ljallangan.