Ushbu qo`llanmada 5A140101-biologiya(fan yo’nilishi) va 5A140104-Biotexnologiya mutaxassisligi magistrlariga «O’simliklarning noqulay omillarga chidamlilik fiziologiyasi» fanidan o`tiladigan nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun bir qator laboratoriya mashg`ulotlari tavsiya etilgan. Unda har bir mashg`ulotga qisqacha tushuncha, mashg`ulotning maqsadi, kerakli asboblar va reaktivlar, vazifalar, ishning bajarilish tartibi va nazorat savollari ko`rsatilgan.
Umuman, har bir laboratoriya mashg`uloti nazariy ishlarni mustahkamlashga va magistrlar tomonidan amaliy tajribalarni mustaqil ravishda o`tkaza olish ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.