Diplom loyihasini bajarish uchun topshiriq sifatida yillik ishlab chiqarish hajmi 8000 dona bo’lgan “Shkiv-SHV” detaliga mexanik ishlov berish uchun ilg`or texnologik jarayonni loyihalash vazifasi berilgan. Ushbu vazifani bajarishda texnologik jarayonni loyihalashning texnologik, konstruktorlik masalalarini yechish bilan bir vaqtda iqtisodiy hisob-kitoblar ham bajariladi. Shuningdek ishlab chiqarishni tashkil etsihda texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasiga doir masalalarni ham ko`rib chiqish talab etiladi.