Mazkur darslik oliy o`quv yurtlarining 5111000 – «Kasb ta’limi (5320400-Kimyoviy texnologiya)» yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan. Darslikdagi ma’lumotlar tegishli bakalavriat yo`nalishi o`quv dasturlari asosida yozilgan. Unda kimyo sanoatining xomashyo bazasi, xomashyo va materiallarni klassifikatsiyalash va boyitish, azotli, kaliyli va fosforli mineral tuzlar ishlab chiqarish sanoatining xomashyolarini boyitish usullari to`g`risida batafsil bayon etilgan.