O`qitish metodikasi deganda ta`lim va tarbiyaning maqsadga muvofiq amalga oshirishning eng samarali yo`l va uslublar yig`indisi tushuniladi. Mashg`ulotni metodik jihatdan to`g`ri tashkil etish esa o`qituvchining o`z oldiga qo`ygan maqsadiga ham bog`liq. Shu bilan birga qisqa va oddiy yo`llar bilan, oddiydan-murakkabga borish prinsipida ma`lum ketma-ketlikda erishish nazarda tutiladi.