Ushbu o`quv qo`llanma 5110300 “Kimyo o`qitish metodikasi” va 5140500 “Kimyo” bakalavriatura ta’lim yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda kompyuter kimyosi, zamonaviy molekulyar modellash usullari va kompyuter dasturlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, qo`llanmada bir nechta yordamchi dasturlardan va kvant-kimyoviy hisoblash majmualaridan foydalanish bo`yicha ko`rsatmalar, mavzular bo`yicha savollar hamda testlar keltirilgan bo`lib, undan
magistrant, doktorant va yosh ilmiy izlanuvchilar ham foydalanishlari mumkin.