Demografiya grekcha demos “xalq” va grafiya “tasvirlash” so’zlaridan iborat bo’lib, aholi haqidagi fandir. U aholining soni, hududiy joylashuvi va tarkibini, ularning o’zgarishi va bu o’zgarishning sabablarini, aholidagi o’zgarishlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlarning aloqalarini o’ziga xos yo’llar bilan o’rganadi. Shuningdek, demografiya aholi takror barpo qilinishining qonuniyatlarini ochib beradi.