Ushbu uslubiy qo`llanma O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Sanoat mikrobiologiyasi” fan dasturi asosida yozilgan bo`lib, Oliy o`quv yurtlarining 5320500 –biotexnologiya bakalavriat yo`nalishi 4 kurs talabalari uchun mo`ljallangan. Uslubiy qo`llanmada sanoat mikrobiologiya fani bo`yicha bajariladigan laboratoriya mashg`ulotlarining mavzulari keltirilgan. Unda mikroorganizmlarni va mikrosuvo`tlarni o`stirish va ulardan toza kul’turalar olish uchun ozuqa muhitlar tayyorlash, kulturalarni o`stirish va biomassalarni ajratish haqida nazariy va amaliy ma’lumotlar berilgan.