Mazkur о`quv qо`llanma Oliy ta’lim muassasi “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yо`nalishi uchun yozilgan bо`lib, tasviriy san’atning yetakchi bо`g`ini hisoblangan kompozitsiya, fan dasturi bо`yicha nazariy va amaliy bilimlarni yoritib berishni о`z oldiga maqsad qilib qо`ygan. Unda dastgohli rangtasvir kompozitsiyasi, uning turlari, elementlari, kompo-zitsiya ishlash bosqichlari va qoidalari bayon etilgan.