Ta’limni tubdan isloh qilishning ajralmas va muhim qismi hisoblangan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, amaliyotga joriy qilinishi mumkin bo`lgan yo`l-yo`riqlar yangicha usullar orqali mutaxassislar tomonidan ma’lum tizim asosida o`rgatilishi lozim. Jahon ta’limi tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyat taraqqiyoti ta’limning takomillashishi va taraqqiy qilishi bilan chambarchas bog`liqdir.