Ushbu uslubiy qo`llanma oliy o`quv yurtlari talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda Matematik statistikadan misol va masalalar hamda ularni yechishga oid uslubiy ko`rsatmalar berilgan. Mustaqil yechishga tavsiya qilingan masalalarning aksariyat qismining javoblari berilgan bo`lib, bu talabalarning o`z yechimlarini tekshirib ko`rishlariga imkon beradi. Mazkur qo`llanmadan ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fani o`qitiladigan boshqa oliy o`quv yurtlari talabalari ham foydalanishlari mumkin.