Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko`lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverinitetini mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglik muhitini ta`minlash uchun muhim poydevor bo`ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, jahon talablari darajasida ta`lim olishi va kasb egallashi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro`yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.