Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun uning turli bo`limlari, tarmoqlari, sohalari o`rtasida o`zaro mutanosiblik bo`lishi ob`ektiv zarur muammo xisoblanadi. Iqtisodiyotda mutanosiblikni ta`minlanmasligi mamlakatda iqtisodiy resurslardan samarasiz foydalanilishiga bu esa o`z navbatida iqtisodiy inqrozlarni yuzaga kelishiga, ishsizlik va inflyasiya darajasining oshib ketishiga va aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasiga salbiy ta`sir ko`rsatishiga sabab bo`ladi.