Oliy о`quv yurtlarida tahsil oluvchi talabalarga “Vokal (yakka qо`shiqchilik san’ati)” sir-asrorlarini atroflicha о`rgatishga oid barcha nazariy va amaliy ma’lumotlar kо`p yillik tajribadan kelib chiqib bayon etilgan. Kuylash uchun taqdim etilgan О`zbekiston kompozitorlari asarlaridan namunalarga annotatsiya, uslubiy kо`rsatmalar ham о`rin olgan. Kuylashda muhim bо`lgan nafas olish qoidalariga ham keng о`rin berilgan. Undan ushbu soha ustoz-о`qituvchilari, talaba-yoshlar birdek foydalanishlari mumkin.