Mazkur o`quv qo`llanmada “Xor partiturasini o`qish” fanining asosiy masalalari bayon etilgan. Unda xor partiturasini o`rganish vazifalari, turlari, shakl va xususiyatlari batafsil yoritilgan bo`lib, bu materiallar talabalarda xor partiturasi ijrochiligi malaka va ko`nikmalarini nazariy va amaliy jihatdan shakllantirishga qaratilgan. O`quv qo`llanma oliy musiqa ta’limi Davlat standartlari va “Vokal ijroghiligi” yo`nalishi bakalavriat bosqichi o`quv dasturiga mos holda tayyorlangan.