Sut emizuvchilarning bosh miyasi oldingi miya yarim sharlari va miyacha hisobiga nihoyatda kattaligi bilan xarakterlanadi. Oldingi miya yarim sharlari miya gumbazi yoki neopallum deb ataladigan miya pо`stlog`i, ya’ni kulrang miya moddasi bilan qoplangan.Oldingi miya yarim sharlari bosh miyaning qolgan qismlariga nisbatan 48-75%-ni tashkil qiladi. Miya pо`stlog`i kо`pchilik sut emizuvchilarda silliq bо`lmasdan, burma va egatchalar bilan qoplangan. Bu miya pо`stlog`ining yuzasini kengaytiradi.