Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq, O`zbekiston hukumati o`z milliy manfaatlariga mos tashqi siyosat yo`lini belgilash, jahon hamjamiyatiga qo`shilish va xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy, madaniy aloqalar o`rnatishga eng dolzarb vazifalardan biri deb qaradi. O`zbekiston tarixida birinchi marta tashqi siyosat asoslari va uning bosh yo`nalishlari qonun yo`li bilan mustaxkamlandi.