Ushbu ishchi daftar ma`ruza, amaliy mashg`ulotlarda va mustaqil ta`lim jarayonida talabalar tomonidan bajariladigan keys, vaziyatli masalalar hamda har bir modul bo`yicha qisqacha nazariy materiallarni o`z ichiga olgan. Ishchi daftar talabalarning amaliy bilimlarini shakllantirishga , malaka va ko`nikmalarini mustahkamlashga va fanlar bo`yicha ta`lim texnologiyalarini qo`llash orqali bilimlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.