Mazkur o`quv-uslubiy majmuada davlat va din munosabatlari, Markaziy Osiyo dinlari, islom dini ta’limoti va mazhablariga oid dinshunoslik bilan bog`liq mavzular yoritilgan. Shuningdek, tinchlikka rahna solayotgan missionerlik, prozelitizm, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash yo`llari, turli g`oyalarni ilgari surayotgan diniy harakatlar va sektalarning faoliyatlari, kibermakonda kechayotgan diniy jarayonlar bilan bog`liq masalalar ochib berilgan.