Diplom loyiha ishini umumiy qismida avtоtranspоrt kоrxоnalari ishlab chiqarish texnika bazasining holati va rivоjlantirish yo’llari, yo`lovchi tashishga mo`ljallangan mas`uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyati to`g`risida qisqacha ma`lumot, diplom loyiha ishi mavzusini asoslash berilgan. Hisob-texnologik qismida yillik ishlab chiqarish dasturi, ish hajmi, ishlab chiqarish ishchilar soni, ATK maydonini hisobi hamda texnologik jihozlar tanlash keltirilgan. Tashkiliy qismida TXK va JT texnologik jarayonini tashkil etish uslubini tanlash va asoslash, avtomobillarni kuzovini ta’mirlash ishlarini tashkil etish, kuzovlarni ta’mirlash ishlari posti, кuzovlarni ta’mirlash ishlari texnologiyasi, kuzovlarni ta’mirlash ishlari bo’yicha texnologik xarita tuzish va avtomobillar kuzovini ta’mirlash ustaxonasini tavsifi berilgan. Iqtisodiy qismida ATK ni texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari hisoblangan. Mehnat muhofazasi qismida avtоservis kоrxоnalarida mehnat sharоitini tashkil etish kuzovlar ustaxonasida xavfsizlik texnikasi ko’zda tutilgan.