Ijtimoiy-siyosiy mustaqillikka erishish O`zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Bu davrda, barcha sohalarda bo`lgani kabi ta’lim va tarbiya sohasida xam yosh avlodga jaxon andozalariga muvofiq ta’lim-tarbiya berish va uni milliy qadriyatlarimiz negizida amalga oshirishning ijtimoiy-xuquqiy asoslari ishlab chiqildi.