O’quv-uslubiy qo’llanma Oliy o’quv yurtlarining mutaxassisligi ingliz tili bo’lmagan yo’nalish talabalari uchun mo’ljallangan. Qo’llanma 56 soatlik darsga mo’ljallangan bo’lib, bu darslar birinchi kurslar uchun tayyorlangan. Har olti soatni bitta dars deb olinib, jami yettita darsdan iboratdir. Har bir dars o’z ichiga tekst, grammatik qoidalar, va ularga doir mashqlarni o’z ichiga olgan. Bularning hammasi DTS talabidagi asosiy adabiyotlardan foydalangan holda ishlab chiqildi. Shu jumladan , har bir dars yakunida o’ntadan test savollari ham berilgan. Bu esa talabaning musta’qil ishlashi uchun katta yordam beradi. Og’zaki nutqni rivojlantirish maqsadida darsning so’ngida qo’shimcha o’qish uchun kichik-kichik tekstlar berilgan.