R.Bozorova tomonidan tayyorlangan “Deutsch” nomli uslubiy qo`llanma Namangan davlat universiteti nofilologik yo`nalish talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, kundalik muloqot mavzulariga oid tuzilgan matnlardan iborat, shuningdek har bir matnga doir so`z va iboralarning tarjimalari, mustahkamlash uchun savollar hamda leksik-grammatik mashqlar berilgan. Qo`llanmada grammatik qoidalar ham o`rin olgan. Ushbu uslubiy qo`llanma talabalarning mustaqil fikrlashi, og`zaki nutqini o`stirishi, so`z boyligini oshirishda hamda tili o`rganilayotgan mamlakatning mamlakatshunoslik bilimlarini olishga xizmat qiladi.