Versal-Vashington tizimi dunyodagi ko’pgina davlatlar taqdiriga ta’sir etdi va dunyo xaritasini kuchli mamlakatlar foydasiga o’zgartirib yubordi. Versal-Vashington tizimi dunyo tarixida birinchi marta qurollanishni cheklashi orqali insoniyat taqdirini ijobiy tomonga o’zgartirdi. U tufayli Versal-Vashington tizimi orqali dunyodagi qaram mamlakatlarning ba’zilari mustaqil davlatlarga, ba’zi mustaqil davlatlar esa qaram davlatga aylanib qoldi. Parij tinchlik konferensiyasi bir yil davom etdi (1919 yil 18 yanvardan 1920 yil 21 yanvargacha). Asosiy davlatlarning tutgan mavqelari birbiriga zid, ko’pincha tamomila qaramaqarshi edi.