O`zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida e’tirof etilgan so`ng xalq xo`jaligining barcha soxalarida tub isloxatlar amalga oshirila boshladi. Respublikamiz don maxsulotlari tizimida ham so`nggi yillarda katta yutuqlarga erishildi. Jumladan respublikamizda qisqa vaqt ichida don mustaqilligiga erishildi. Hozirgi kunda respublikamiz bo`yicha yiliga 4 mln. t. ga yaqin don yetishtiriladi. Don maydonlarining kengayib borishi hamda don yalpi hosilning ortishi don mahulotlari tizimini takomillashtirish va kengaytirishni taqazo etmoqda. Zero, yetishtirilgan mavjud hosilni sifatli saqlash va qayta ishlash, shuningdek iste’molchilarga muntazam ravishda bekamu ko`st yetkazib berish don mahsulotlari tizimi oldidagi eng asosiy vazifadir. Shu bois respublikamizning ko`pgina viloyat va tumanlarida ko`plab zamonaviy omborlar va qayta ishlash korxonalari bunyod etilmoqda.