Sport mamlakatimizning nufuzini oshiradigan omillardan biridir. Yurtimizdasportni rivojlantirish muammolarini kompleks tarzda hal etish, jismonan sog`lom,ma’naviy jihatdan yetuk shaxslarni tarbiyalash, sog`lom turmush tarzi va sportga muhabbat tuyg`usini singdirish, shuningdek, sport sohasini boshqarishda davlat siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish darajasini ko`tarish, barcha tizimlar ishfaoliyatini qayta ko`rib chiqishga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda.