Turobjon eshikdan hovliqib kirar ekan, qalami yak-tagining yengi zulfinga ilinib tirsakkacha yirtildi. Uning shashti qaytdi. Jo`xori tuyayotgan xotini uning qo`lidagi tugunchani ko`rib, kelisopni kelining ustiga qo`ya chopdi. Keli lapanglab ag`anadi, chala tuyulgan jo`xori yerga to`kildi.