Birinchi prezidentimiz I.Karimov ta`biri bilan aytganda,―Bugun biz tez sur`atlar bilan o`zgarib boraytgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o`ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar bu davrni turlicha ta`riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni ogi`rliksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig`iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, «ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo`q», deb beparvo qarab bo`lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan ko`p yillar orqada qolib ketishi hech gap emas.