O`zbеkiston Rеspublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kundanoq ta`lim muassasalarining oldiga muhim yangi va ustuvor vazifalarni qo`ydi. Har tomonlama rivojlanishda oldinda borayotgan jamiyatimiz bugungi kunda ta`lim sohasida milliy modеlimizga javob bеra oladigan malakali kadrlar tayyorlashni yanada yaxshilash muammosini ko`ndalang qo`ymoqda. Bu esa bugungi kunda ta`lim sohasida davr talabiga javob bеradigan mutaxassislarni faqat nazariy bilimlarni chuqur o`rgangan holda emas, balki har tomonlama rivojlangan barkamol inson, muomala madaniyatiga ega bo`lgan, o`z ishining mohir ustasi etib tayyorlashga katta e`tibor bеrishni talab etadi. Ayniqsa, hozirgi davrning bu talabi bo`lajak o`qituvchilarni yuksak pеdagogik mahorat va qobiliyat bilan qurollangan, o`z fanini sеvadigan madaniyatli shaxs sifatida tayyorlash kеrakligini yana bir bor ta`kidlab bеrmoqda.