O`quv-uslubiy qo`llanmada maktabgacha ta’lim muassasalarida sensor tarbiya vositasi orqali bolalar nutqini rivojlantirishning nazariy asoslarini aniqlash hamda sensor tarbiya vositasida bolalar nutqini rivojlantirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar beriladi.
Mavzu yuzasidan nazariy manbalar va maktabgacha ta’lim amaliyotini o`rganish asosida bolalar nutqini sensor tarbiya orqali rivojlantirish pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslanadi. Sensor tarbiya orqali bolalar nutqini rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari aniqlandi. Sensor tarbiya vositasida bolalar nutqini rivojlantirish jarayonining mazmuni, usullari, metodlari tanlandi.