O’zbеkiston Rеspublikasi KTMDda ta`limni isloh qilishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri sifatida O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga to’laqonli intеgratsiya, uning xalqaro hayotdagi o’rni va nufuzi mustahkamlanib borayotgani ta`kidlangan. Shuning bilan birga O’zbekistonning ijtimoiy – iqtisodiy sohalarda rivojlanishning ravon yo’lga tushib olishi, kishi faoliyatining turli sohalarida zamonaviy axborot tеxnologiyalari (ZAT) dan foydalana olish darajasiga bog’liq. Bu darajani ta`minlash esa bo’lajak mutaxassislarni va ilmiy – pеdagogik xodimlarni zamonaviy talablar asosida tayyorlashni taqozo etadi. Bunday muhim vazifani hal qilishning samarali yo’llaridan biri ta’lim jarayonida pedagogik va axborot tеxnologiyalardan foydalanib axborot tizimlari yaratishdan iboratdir.