"O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining muhim yo`nalishlaridan biri Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalardir. Dissertatsiyada biz shu yo`nalishda mamlakatimiz diplomatiyasining Xitoy va Hindiston aloqalariga to`xtalib o`tdik. CHunki bu mamlakatlar bilan O`zbekistonning aloqalari uzoq va boy tarixiy asosga ega. Bu aloqalar O`zbekiston mustaqilikka erishgandan so`ng, zamonaviy ruh kasb etib dinamik ravishda rivojlanib bormoqda.