O`simliklar biotexnologiyasi fanini o`qitishnin vazifasi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilariga hozirgi zamon o`simliklar biotexnologiyasi hamda ularga chegaradosh bo`lgan fanlar yutuqlariga asoslangan holda xujayralar asosida yangi texnologik jarayonlar yaratish va o`simliklar biotexnologiyasi nazariyasining asoslaridan bilim berishdan iboratdir. Hozirgi kunda bu sohani jadal sur’atlarda rivojlanishi natijasida, zamon talabiga javob bera oladigan mutaxassislarni tayyorlash talab etilmoqda.