“Sahna harakati va jangi” fanidan tuzilgan ushbu “Sahna harakati” nomli o`quv qo`llanma san’at va madaniyat oliy o`quv yurti va kollejlari uchun mo`ljallangan. Ushbu o`quv qo`llanmada “Sahna harakati” fanining barcha qisimlari yoritib berilgan. O`quv qo`llanmada aktyorlarning sahnadagi hatti-harakatlari, sahnaviy yiqilishlar, akrobatika, shuningdek mavzular bo`yicha dars rejalari kabilarga batafsil to`xtalindi. Bo`lajak aktyorlar va rejissyorlar asarga, janrga, obrazga, davrga va detallarga mos hatti-harakat qila olishlari kerak. Qo`llanma bir qancha mashqlar va ushbu mashqlar uchun notalar bilan boyitilgan. Bundan tashqari o`quv qo`llanma aktyorlarga har bir davr etikasiga, estetikasiga, madaniyatiga va liboslariga mos harakat qila olish imkoniyatini beradi. Shu sababli o`quv qo`llanmada sahnaviy hatti-harakat masalasini batafsil yoritib berishga harakat qilindi. O`quv qo`llanmadan barcha qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.