Ushbu o`quv qo`llanma nazariy va amaliy qismlardan iborat bo`lib, bo`lg`usi jamoa rahbarlari uchun mo`ljallangan. Unda jamoani tashkil etish, u bilan ishlash, repertuar tanlash, vokal-xor jamoalari uchun aranjirovka qilish (jamoa ijrosiga moslashtirish)ning muhim elementlari ustida ishlash uslubiy yo`nalishlari, hamda muallif tomonidan aranjirovka qilingan asarlar to`plami mujassamlangan.