Ushbu uslubiy qo’llanma oliy ta’lim muassasalarining “Matematika” hamda ”Amaliy matematika va informatika” ta’lim yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan. Qo’llanmada asosan chiziqli (vektor) fazolar, chiziqli normalangan fazolar, Yevklid fazolari, Gil’bert fazolari va Fok fazolariga doir nazariy ma’lumotlar, bir qancha masalalarning yechimlari, mustaqil bajarish uchun masalalar hamda har bir mavzu bo’yicha test topshiriqlari o’z aksini topgan.