"Miniatyura Sharq rangtasviri fenomenini o’rganish. Lakli miniatyura san’atini amalda dekorativ moxiyatiga olib chiqich. Miniatyura san’atining ildizlari uzoq asrlar qatoriga borib taqaladi. Sharq xalqlarining o’ziga xos rang tasviri bo’lgan miniatyura san’ati badiiy –estetik ma’naviy ma’rifiy tarixida o’zining munosib o’rniga egaligi bilan ajralib turadi. Asrimizning 80 yillari boshlaridan boshlab Respublikamizda bu san’at turiga e’tibor berila boshlandi. Ayniqsa mustaqillik, istiqlol sharofati bilan ushbu san’at turiga va bu san’at turini o’rganishga keng yo’l ochipdi.